O‘zbekistonlik talabalarning Rossiyaga kirishini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
Pandemiya sababli vatanga qaytgan talabalarning Rossiya hududiga kirishini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Jahon yoshlar assotsiatsiyasi vakillari tomonidan Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining MDH va Boltiqbo‘yi bo‘limi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilmoqda.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli vatanga qaytgan talabalarning Rossiya hududiga kirishini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Studenti na leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2020
O‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliygohlaridagi kvotalar ko‘paytiriladi
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Moskva shahridagi bosh konsuli Valijon Niyozxo‘jayev Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba-yoshlar uyushmalari vakillari bilan uchrashgan.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv ishtirokchilariga xorijda bo‘lib turgan paytdagi huquq va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, joriy yil mamlakatda yirik siyosiy voqea - O‘zbekiston prezidenti saylovi o‘tkazilishi kutilayotganiga oid axborot yoshlarga yetkazilgan.
“Rossiya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli Vatanga qaytgan talabalarning Rossiya hududiga kirishini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Jahon yoshlar assotsiatsiyasi vakillari tomonidan  Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining MDH va Boltiqbo‘yi bo‘limi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi”, - deyilgan xabarda.
Yoshlar birlashmalari vakillari chet elda o‘qish niyatida bo‘lgan o‘zbek yoshlari uchun uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, huquqiy maslahatlar berish, shuningdek, malakali vatandoshlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatidagi loyihalarga jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 27-mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveysariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar o‘zaro kelishuvga asosan tiklandi. Bundan tashqari, 27-yanvardan Vyetnam, Hindiston, Finlyandiya va Qatarga uchishga ruxsat berildi. Shu tariqa, xalqaro aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda, lekin hozircha O‘zbekiston bilan tiklangani yo‘q.
Rossiya ta’lim va ilm-fan vaziri Valeriy Falkov mamlakat hududiga kira olmaydigan Rossiya OTMlarining xorijlik talabalari diplomni masofadan turib himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini istisno qilmagan edi.
Yangiliklar lentasi
0