05:51 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
13410

“Doyaxotin” konida kunlik 100 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq oʻzlashtirildi.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. “Doyaxotin” konida kunlik 100 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq oʻzlashtirildi, deb xabar qildi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Doyaxotin” gaz kondensat konidagi 95-sonli quduqda burgʻilash ishlari tugatilib, 1954–1951 metr oraliqda perforatsiya ishlari olib borildi.

Tezkor maʼlumotlarga koʻra, quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

“Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” MCHJ tomonidan olib borilgan burgʻilash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qoʻshish ishlari bajarilmoqda. Ushbu quduq “Oʻzbekneftgaz” AJning 2021 yilda oʻz kuchi bilan burgʻilab ishga tushirishi koʻzda tutilgan quduqdan biri hisoblanadi.

Teglar:
gaz, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular