19:09 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
26401

Chilonzor va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida elektromobillar uchun ikkita quvvatlash stantsiyasi ishga tushirildi.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Elektromobillarni kuvvatlantirish stantsiyalarini “Oʻzbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli “UNG Petro” MCHJ tasarrufidagi Toshkent shahrida joylashgan 2ta AYOQShda (Chilonzor tumani, Baynal-Munal koʻchasi, 100A-uy va Chinobod 15 M.Ulugʻbek tumanu, KAXY, Chunobod koʻchasi boʻylab joylashgan) shaharsozlik norma qoidalariga muvofiq joylashtirish mumkinligi belgilab olindi.

Hozirda AYOQShlarda modul stantsiyalari oʻrnatilib, ishga tushirildi.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda Oʻzbekistonga xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan.

Import qilgan mamlakatlar orasida Xitoy birinchi oʻrinda. U yerdan jami 92 ta elektromobil olib kelingan. Keyingi oʻrinlarda Janubiy Koreya (13 ta), Gruziya, AQSH (7tadan), Germaniya (5) va boshqa davlatlar (7).

2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSH dollari sarflangan.

Teglar:
elektr energiyasi, Toshkent, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular