18:37 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
72 0 0

Voyaga yetmagan shaxslarni himoya qilish, majburiy mehnatga chek qoʻyish va xalqaro majburiyatlari bajarish maqsadida - Oʻzbekiston Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

TOSHKENT, 4 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda 18 yoshga toʻlmagan shaxslarni jinsiy aloqaga, majburiy mehnatga undash, turli sekta va oqimlar faoliyatiga jalb etish uchun jinoiy javobgarlik kuchaytriladi. 

Bu haqida Oliy Majlisda muhokama qilingan Oʻzbekiston Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilishi rejalashtilayotgan yangi qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi qonun loyihasida aytib oʻtilgan. 

Yangi qonun loyihasida aytishiliga koʻra, Jinoyat Kodeksi 18 yoshga toʻlmagan shaxsni moddiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqaga undash uchun javobgarlikni belgilaydigan modda bilan toʻldirilmoqda. Bunda jinoyat subʼyekti yoshi 18 yoshdan belgilash taklif etilgan.

Ikkinchidan, voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikni belgilash rejalashtirilmoqda.

Uchinchidan, voyaga yetmagan shaxsni gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash uchun   jinoiy   javobgarlik belgilanmoqda. 

Deputatlar fikricha, yangi qonunning qabul qilinishi - majburiy mehnatga toʻliq chek qoʻyilishiga, voyaga yetmagan shaxslarning manfaatlarini taʼminlashga va bu borada Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlari bajarilishiga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular