23:12 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
187 0 0

Shuningdek, Urugʻchilik xoʻjaliklarida navbatlab ekish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, bir dalada 2 yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, sholichilik klasterlari yoki sholi ekishga ruxsat etilgan mintaqalarda sholi yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bazasida elita urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil etiladi.

Shunga koʻra, respublika boʻyicha jami 22 ta tuman sholi avlodli urugʻchilik yetishtirishga ixtisoslashtirilib, ularda 17 452 gektar sholi maydoni tashkil etiladi. 

2021 yil 1 iyundan urugʻlik sholiga muvofiqlik sertifikatini berish, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshiriladi.

Shuningdek, Urugʻchilik xoʻjaliklarida navbatlab ekish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, bir dalada 2 yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi.

2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida koʻchatlab ekish, kamida 50 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimi joriy etilib, kamida 30 foizida sholi zamonaviy urugʻ seyalkalari orqali ekiladi.

2021 yil 31 dekabrga qadar sholi yetishtirishda sholini zamonaviy urugʻ seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga sotib olingan urugʻ seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizigacha Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Qaror bilan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun sholi yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Shunga koʻra, joriy yilda respublika boʻyicha 129 357 gektar maydonda sholi yetishtirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali hamda Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik yoʻnalishida qoʻshma fakultet tashkil qilinadi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, sholi

Asosiy mavzular