14:55 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1380)
24210

Oʻzbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2,6 mln doza AstraZeneca vaktsinasini oladi. Vaktsinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi AstraZeneca vaktsinasini oladi, deb xabar qildi YUNISEF.

Respublika 2,6 mln doza AstraZeneca/Oxford vaktsinasini oladi.

COVAX dasturida 18 ta davlat: Butan, Boliviya, Bosniya va Gertsegovina, Kabo-Verde, Kolumbiya, Salvador, Gruziya, Maldiv orollari, Moldova, Moʻgʻuliston, Peru, Filippin, Koreya Respublikasi, Ruanda, Janubiy Afrika, Tunis, Ukraina, Iordan daryosining gʻarbiy sohili va Gʻazo sektori - birinchi boʻlib 1,2 million doza Pfizer/Biontech vaktsinasini oladi.

Vaktsinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi paytda Oʻzbekiston Rossiya COVID-19 vaktsinasini ishlab chiqaruvchisi bilan “Sputnik V” preparatini sotib olish boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq, SES rahbari Adham Baxromov respublikaga 100 ming doza vaktsina olib kelish masalasi koʻrib chiqilayotganligini aytgandi.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev taʼkidlashicha, ayni paytda Oʻzbekiston tomoni “Sputnik V” vaktsinasini tezkor sertifikatlash ustida ish olib bormoqda va uni mamlakatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, "Sputnik V" vaktsinasini import qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, emlashga tayyorgarlik koʻrish va tibbiyot xodimlarini oʻrgatish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Hujjat keyinchalik imzolash uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1380)

Mavzu boʻyicha

"Sputnik V" sinovlari ijobiy oʻtsa, vaktsina Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi - Yusupaliyev
Oʻzbekistonda necha kishi kovidga qarshi vaktsina oldi
“Koronavirus+gripp”: Rossiyada birlashgan vaktsina yaratilmoqda
"EpiVakKorona"dan nimani kutsa boʻladi. COVID-19ga qarshi peptidli vaktsina haqida

Asosiy mavzular