23:40 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
17810

Prezidentning Fargʻonadagi birinchi manzili Oltiariq tumanidagi “Fayzli bogʻlar sari” uzumchilik kooperatsiyasi boʻldi.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fargʻonaga safari Oltiariq tumanidagi “Fayzli bogʻlar sari” uzumchilik kooperatsiyasiga tashrifdan boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident kelgan kooperatsiyaning 6 gektarlik tokzori oʻrnida ilgari paxtadan 20, gʻalladan 25 tsentner hosil olinar edi. Oʻtgan yili bu yerda bogʻ yaratilib, “husayni”, “kelin barmoq”, “rizamat” navli uzum koʻchatlari ekilgan. Qator oralarida pomidor, bodring, koʻkatlar, qalampir va boshqa sabzavotlar yetishtirilmoqda. Tomchilatib sugʻorish tizimi joriy qilingan.

Bu maydon 51 nafar yoshga, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga ajratib berilgan. Ular plyonka ostiga sabzavotlar ekib, toʻrt martagacha hosil olishi mumkinligini aytishdi.

Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari» v Altыarыkskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari» v Altыarыkskom rayone.
“Har bir yosh haqida ota-onasi qanday qaygʻursa, men ham shunday qaygʻuraman. Yoshlarni tezroq ish bilan taʼminlash uchun katta imkoniyatlarimizdan biri hozircha shu. Hayotda oʻrnini topgan insonda oʻziga ishonch, intilish paydo boʻladi. Bugun yoshlarga daromad manbai yaratib, ish oʻrgatib, tetapoya qilsak, 2-3 yildan keyin hech kimga qaram boʻlmaydi, bankda hisob-raqami boʻladi, uy oladi, yaxshi yashaydi, bolalarini yaxshi tarbiyalaydi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev ular bilan suhbatda.

Prezident yoshlarga oʻqib-oʻrganib, faoliyatini yaxshilash boʻyicha maslahatlar berdi.

“Hayot - kurash, raqobat. Bu kurashda kim kuchli boʻladi? Aqlli, bilimli, mehnat qilgan. Bugun yoshlar davlatimizning eʼtiborini his etishi, koʻp oʻqib, kun sayin bilimini oshirib, rivojlanishda davom etishi kerak”, - dedi davlat rahbari.

Yerlarni ajratib berish orqali Fargʻona viloyatida 200 ming nafar yoshning bandligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari» v Altыarыkskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari» v Altыarыkskom rayone.

“Fayzli bogʻlar sari” uzumchilik kooperatsiyasining umumiy yer maydoni qariyb 130 gektar. Shundan 40 gektar maydonda tokzor, 90 gektar maydonda intensiv bogʻ barpo etilgan. 2 ming tonna sigʻimli muzlatkichli ombor, yuk mashinalari bor. Yetishtirilgan mahsulotlarning katta qismini eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu yerda Fargʻona viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.

Teglar:
yoshlar, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular