00:51 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
199 0 0

Misrning "Fly Egypt" aviakompaniyasi Oʻzbekistonga doimiy reyslarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzulgan Havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim asosida Transport Vazirligi huzuridagi “Oʻzaviatsiya” Agentligi tomonidan “Fly Egypt” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam ravishda aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 2021 yil 3 fevralda 7-K-sonli ruxsatnomasi berildi.

Ruxsatnoma Qohira – Toshkent – Qohira va Sharm al-Shayx – Toshkent – Sharm al-Shayx yoʻnalishlarida parvozlar uchun berildi.

Aviakompaniya reyslarni Boing-737-700/800 havo kemalarida amalga oshirishini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular