11:14 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
242 0 0

Rossiya vaktsinasi oʻzining xavfsiz va samarador ekanini namoyish qildi. Rossiya Oʻzbekiston bilan vaktsina yetkazib berish borasida hamkorlik qilishdan umidvor.

TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya Oʻzbekiston bilan vaktsinalar borasida hamkorlik qilishdan umidvor, dedi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin YEOII hukumat rahbarlarining Olma-Otada boʻlib oʻtgan uchrashuvida.

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Arpov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv doirasida Mixail Mishustin Rossiya va Oʻzbekiston epidemiologik vaziyatni yengib oʻtish borasida hamkorlik qilayotganini xabar qildi. Bosh vazir soʻzlariga koʻra, vaziyat “murakkabligicha” qolmoqda va vaziyatdan chiqishning yagona yoʻli – aholini ommaviy vaktsinatsiya qilish boʻlishi mumkin.

“Vaziyatdan chiqishning ishonchli yoʻli – aholini samarali va xavfsiz vaktsina bilan ommaviy vaktsinatsiya qilish boʻladi. Bu borada Rossiya Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilmoqda. Vaktsinalar borasida ham biz Oʻzbekistonda hamkor topishga umid qilmoqdamiz”, - dedi Rossiya bosh vaziri.  

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning sentyabr oyida Oʻzbekistonning Laxicam kompaniyasi 35 millon doza Rossining "Sputnik V" vaktsinasini sotib olish boʻyicha shartnoma imzolagan edi. Vaktsinani Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida roʻyxatdan oʻtganidan soʻng olib kelish mumkin boʻladi.

Oʻzbekiston Rossiyadan 35 million dona "Sputnik V" vaktsinasini sotib oladi

2020 yilning dekabr oyida Oʻzbekistonga sinovlar oʻtkazish uchun Rossiya vaktsinasining 100ta dozasi yetkazib berilgan edi. Keyinroq Oʻzbekiston ushbu preparatni oʻz hududida ishlab chiqarish imkoniyatni ham koʻrib chiqqan edi.

Maʼlumot uchun, bir necha kun oldn nufuzli The Lancet jurnali  "Sputnik V"vaktsinasining 3 bosqich sinovlari yakunlanganini xabar qildi. undan 20 mingdan ortiq koʻngilli ishtirok etgan. Vaktsina 91,6 % samaradorlik koʻrsatgan va biror salbiy oqibati aniqlanmagan.

Bugungi kunda "Sputnik V" vaktsinasi dunyoning 16 dan ortiq mamlakatlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan va ommaviy vaktsinatsiya uchun qoʻllanilmoqda. Ular orasida Belarus, Serbiya, Argentina, Venesuela, Turkmaniston, Vengriya, BAA, Eron, Armaniston va boshqalar. Rossiyada emlanganlar soni aholining 2 % idan oshgan (>3 mln).

The Lancet "Sputnik V" vaktsinasining uchinchi faza tadqiqotlari natijasini eʼlon qildi

Asosiy mavzular