09:46 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
263 0 0

Aripov Mishustinga Oʻzbekistonda soliq islohotlari va mahsulotlarni markirovka qilishda koʻrsatgan shaxsiy yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 5 fev - Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Mixail Mishustinga soliq islohotlari boʻyicha yoradmi uchun minnatdorlik bildirdi. 

"Sizning tashabbusingiz bilan Oʻzbekistonda biz soliq islohotini boshladik. Rossiya granti va texnik yordami tufayli biz ushbu ulkan institutsional tadbirning birinchi bosqichini yakunlamoqdamiz", - dedi Aripov Olma-Otada boʻlib oʻtayotgan YEOII hukumatlararo uchrashuvi doirasida.

Abdulla Aripov aytishiga qaraganda Oʻzbekiston soliq xizmatlari rahbarlari yaqinda hamkorlikning birinchi bosqichini tugatishgan. 

"Bizning soliq xizmatimiz rahbari menga yaqinda hisobot bergan edi. Soliq islohotlari borasida Rossiya bilan hamkorlik qilish muvaffaqiyatli kechmoqda. Ushbu hamkorlik juda yaxshi natija bermoqda. Oʻzbekiston iqtisodini muvofiqlashtirishda va soliq tizimining toʻlov xususiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Buning uchun biz sizdan juda minnatdormiz", - dedi Abdulla Aripov. 

Undan tashqari Oʻzbekiston bosh vazir Mishustinga Oʻzbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan yana bir jarayon - tamaki va alkogol mahsulotlarini markirovka qilishda koʻrsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. 

"Bu borada ham siz oʻzingiz shaxsan yordam bergan edingiz va yordam bermoqdasiz - alkogol, tamaki mahsulotlarini, dori vositalari va elektronikani markirovka qilishda. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha aktiv faoliyat olib borilmoqda", - dedi bosh vazir.   

Eslatib oʻtamiz, bugun Olma-Ota shahrida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ilk bor ishtirok etmoqda. 

Maʼlumot uchun, Mixail Mishustin 2020 yilning yanvar oyida Rossiya bosh vaziri lavozimiga tayinlanishiga qadar (2010 yildan boshlab) Rossiya Federal Soliq xizmati rahbari lavozimida ishlab kelgan edi.

Asosiy mavzular