Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Fargʻona shahridagi Shodiyona mahallasiga bordi. Sohibqiron Temur koʻchasi boʻylab yurilib, uy-joylar, savdo shoxobchalari koʻzdan kechirildi.
TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Xalq deputatlari sessiyasidan soʻng prezident Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Fargʻona shahridagi Shodiyona mahallasiga bordi. Mahalla oralab yurib, aholi bilan uchrashdi.
“Mana, bugun viloyatlaringizga yangi hokim qoʻydik. Mahallabay ishlash tizimini joriy qilyapmiz. Haqiqiy ahvolni bilish, odamlarning ogʻirini yengil qilish uchun mahallangizga oʻzim keldim,” - dedi Shavkat Mirziyoyev ayollar bilan suhbatda.
Onaxonlardan biri ertaga oʻgʻlining toʻyi boʻlishini aytdi. Prezident ularni tabriklab, yosh oilaga baxt, sogʻlik tiladi.
Sohibqiron Temur koʻchasi boʻylab yurilib, uy-joylar, savdo shoxobchalari koʻzdan kechirildi.
Shavkat Mirziyeyev nezaplanirovanno posetil maxallyu Shodiyona v Fergane
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyeyev nezaplanirovanno posetil maxallyu Shodiyona v Fergane
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyeyev nezaplanirovanno posetil maxallyu Shodiyona v Fergane
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1 / 3
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyeyev nezaplanirovanno posetil maxallyu Shodiyona v Fergane
Shavkat Mirziyoyev mahalla idorasiga kirib, mahalla raisi va maslahatchilar bilan suhbatlashdi. Aholining yashash sharoitlari, hududdagi muammolarni soʻradi. Ularni hal etish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.
Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyevning soʻzlariga koʻra, hozir mamlakat Rossiya maxsus komissiyasi talab qilgan standartlarga mos keladi.