15:23 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1381)
20010

"Sputnik V" — koronavirusga qarshi dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtkazilgan vaktsina sanaladi. Preparat oʻzining xavfsizligi va samaradorligini isbotladi

TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. N.F. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi rahbari Aleksandr Gintsburg "Sputnik V" vaktsinasi 2021 yilning iyul oyida bolalarda tadqiq qilinishni boshlashiga umid bildirdi.

"Agar hammasi yaxshi boʻlsa, u holda, umid qilamanki, joriy yil iyun oyidan biz vaktsina preparatini aholining bolalar qismida tadqiq qilishga kirishamiz", — degan Gintsburg "Rossiya 1" telekanali efirida.

Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi koʻmagida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasi koronavirusga qarshi roʻyxatga olingan birinchi vaktsinadir: RF Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020 yilning avgustida bu jarayonni amalga oshirgan.

Obroʻli tibbiyot jurnal hisoblangan The Lancet bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi faza tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik natijadorlikni namoyish etdi.

Bugungi kunda "Sputnik V" vaktsinasi 16ta mamlakatda roʻyxatdan oʻtkazilgan: Belarus, Vengriya, Argentina, Venesuela, Armaniston, Turkmaniston, BAA, Eron shular jumlasidan.

Oʻtgan yilning dekabr oyida Oʻzbekistonga klinik tadqiqotlar uchun 100 doza "Sputnik V" yetkazib berilgan edi.

Mamlakat oʻz hududida preparat lokalizatsiyasi imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

RF bosh vaziri Mixail Mishustin yaqinda oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashuvda Rossiya Oʻzbekiston bilan vaktsina yetkazib berish borasida hamkorlik qilishdan umidvorligini qayd etgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1381)
Teglar:
Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, koronavirus pandemiyasi, koronavirus, Sputnik V

Asosiy mavzular