Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi

© Sputnik / Ilyasov / Mediabankka o‘tishDekorativnoe keramicheskoe blyudo "Alisher Navoi"
Dekorativnoe keramicheskoe blyudo Alisher Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2021
Obuna bo‘lish
Mazkur fond Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, mukammal ilmiy nashrlarini yaratadi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Prezident qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi.
Alisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2021
Sharqshunoslik universitetida Alisher Navoiy merosiga bag‘ishlab xalqaro anjuman o‘tkazildi
Mazkur fond:
- Alisher Navoiy hayoti, yuksak insonparvarlik g‘oyalari va ilmiy-adabiy merosini mamlakatda va xalqaro miqyosda keng o‘rganadi va targ‘ib qiladi;
- Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, mukammal ilmiy nashrlarini yaratadi hamda ularni respublikada va chet ellarda nashr etadi;
- Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga ko‘maklashadi.
Qaror bilan, shuningdek, fond Vasiylik kengashi tarkibi hamda fond tuzilmasi ma’qullandi.
Yangiliklar lentasi
0