01:46 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
410 0 0

Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Hukumat qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablagʻlar va banklar tomonidan qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlari:

- 20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga bozor (foiz) stavkasida ajratiladi;

- ular uchun annuitet toʻlovlar tartibi tatbiq etiladi va imtiyozli davr belgilanmaydi;

- foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda oʻzgarishsiz qoladi.

Mazkur nizom qoidalari shahar va qishloq joylarda qurilgan birlamchi uy-joy bozorida koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olishda, Toshkent shahri, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba tariqasida 2020 yil 1 maygacha umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun ipoteka kreditlarini ajratishda qoʻllaniladi.

Shunga koʻra, banklar va qarz oluvchilarga nisbatan muvofiqlik mezonlari va ularga mablagʻlar ajratish tartibi belgilandi.

Fuqarolarga ipoteka krediti banklar tomonidan:

  • bozor stavkasida;
  • 20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
  • boshlangʻich badali tajriba oʻtkazilayotgan viloyatlarda yakka tartibda qurilayotgan uy-joy qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda;
  • sotib olinadigan kvartira qiymatining qishloq joylarda kamida 10 foizi, shaharlarda kamida 20 foizi miqdorida;
  • qishloq joylarda va shaharlarda – 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 240 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 320 mln soʻmgacha;
  • Toshkent shahrida – 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 264 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 352 mln soʻmgacha beriladi.

Mazkur tartib yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ruxsat olib, lekin keyinchalik birlamchi bozorda sotish maqsadida qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni ipoteka kreditlari orqali sotishga tatbiq etilmaydi.

Asosiy mavzular