09:32 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
91 0 0

1 apreldan avtomobil oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali olish mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. 2021 yil 1 apreldan boshlab avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ham amalga oshirilishiga imkoniyat yaratiladi. Vazirlar mahkamasining tegishli qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Bunda davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanadigan summadan 90 foiz miqdorida toʻlanadi.

IIV Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar:

  • avtomobil oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish jarayonining avtomatlashtirilishini;
  • ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati YAIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini;
  • YAIDXPda foydalanuvchining shaxsiy kabinetida shu foydalanuvchiga tegishli boʻlgan avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomat tarzda joylashtirilishi va real vaqt rejimida yangilanib borilishini;
  • davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlangan toʻlovlar Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishini taʼminlashi zarur.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabriga qadar “tonirovka” uchun 82 125 ta ruxsatnoma berilgan. Jami 302 mlrd 635 mln soʻm pul mablagʻlari Hukumat qaroriga asosan toʻlov sifatida undirilgan.

Asosiy mavzular