15:05 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
209 0 0

Loyiha qiymati 12 mlrd soʻmdan iborat. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida aerodrom qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning “Novobod” MFY hududidan jʼmi 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan. Uchish va qoʻnish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi.

Loyiha qiymati 12 mlrd soʻmdan iborat. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Aviaqatnovlarga Oʻzbekistondagi “Humo Air” aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllarining” “Uzbekistan Helicopters” MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish koʻzda tutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona shahridan Soʻx tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yoʻlga qoʻyilishi xabar qilingan edi. Fargʻona viloyati hokimligiga bir oy muddatda tumanda samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qoʻnish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Teglar:
Soʻx yangiliklari, Soʻx tumani

Asosiy mavzular