12:41 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
162 0 0

Oʻzbekiston Hindistonning Covaxin vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish va respublikaga olib kelish masalasini oʻrganib chiqadi.

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Hindistonning Covaxin vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish va respublikaga olib kelish masalasini oʻrganib chiqadi, deb xabar qildi "Dunyo" nashri.

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi va Hindistonning Bharat Biotech International Ltd kompaniyasi oʻzaro hamkorlik masalalarini onlayn-tartibda muhokama qildilar.

"Muloqot davomida Hindiston koronavirusga qarshi Covaxin vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish va yetkazib berish shartlari muhokama qilindi", - deyilgan xabarda.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Rossiya COVID-19 vaktsinasini ishlab chiqaruvchisi bilan “Sputnik V” preparatini sotib olish boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq, SES rahbari Adham Bahromov respublikaga 100 ming doza vaktsina olib kelish masalasi koʻrib chiqilayotganligini aytgandi.

Oʻz navbatida Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev taʼkidlashicha, ayni paytda Oʻzbekiston tomoni “Sputnik V” vaktsinasini tezkor sertifikatlash ustida ish olib bormoqda va uni mamlakatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, "Sputnik V" vaktsinasini import qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, emlashga tayyorgarlik koʻrish va tibbiyot xodimlarini oʻrgatish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Hujjat imzolash uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
Teglar:
Sputnik V, koronavirus pandemiyasi, vaktsina, Rossiya, Hindiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular