Uchta xususiy bandlik agentligining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2021
Obuna bo‘lish
“Kontinent himoya xususiy bandlik agentligi”, “Xususiy bandlik agentligi manpower”, “Bek jobs xususiy bandlik agentligi” MChJlarning faoliyati to‘xtatildi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonda uchta xususiy bandlik agentligining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Kontinent himoya xususiy bandlik agentligi” MChJ Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021-yil 7-yanvardagi hal qiluv qaroriga asosan 23.01.2020 yilda,
“Xususiy bandlik agentligi manpower” MChJ QK Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021-yil 25-yanvardagi 4-1001-2002-21462-sonli Hal qiluv qaroriga asosan 23.01.2020 yilda,
“Bek jobs xususiy bandlik agentligi” MChJ Andijon tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021-yil 29-yanvardagi 4-1701-2102/76-sonli Hal qiluv qaroriga asosan 23.01.2020 yilda berilgan kitsenziyalarining amal qilinishi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi depozit hisob raqamida BHMning sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablag‘larni zaxira qilingunga qadar to‘xtatildi.
Yangiliklar lentasi
0