01:22 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
388 0 0

Rossiya Iqtisodiy ittifoq hududida tovar va xizmatlarning, kapital va ishchi kuchining erkin harakatini taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishda davom etadi, dedi bosh vazir.  

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. YEOII davlatlarida yashash, ishlash, oʻqish va biznes olib borish uchun hayot qulay boʻlishi kerak, dedi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin.

Beshinchi fevral kuni Olma-Otada YEOII hukumat rahbarlari kengashi boʻlib oʻtgan edi. Unda 2020 yil dekabrida YEOII kuzatuvchi maqomini olgan Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etgan edi.

“Yevroosiyo itifoqi faol rivojlanmoqda, bunga murakkab epidemiologik vaziyat ham, oʻzgarib borayotgan tashqi konyuktura ham xalal bera olmaydi”, - dedi Mishustin seshanba kuni vazir oʻrinbosarlari bilan boʻlib oʻtgan majlisda.

Bosh vazir aytishiga qaraganda, Rossiya Iqtisodiy ittifoq hududida tovar va xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatini taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishda davom etadi.

“Bizning davlatlarimizda yashash, oʻqish va biznes yuritish qulay boʻlishi kerak”, - dedi Rossiya bosh vaziri.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu masalalarni hal qilish Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining hukumatalararo kengashida muhhokama qilinadi. Kenash majlisi bahorda boʻlib oʻtishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda be davlat YEOII aʼzosi boʻlgan: Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston. Uzbekistan, Kuba va Moldova – kuzatuvchi maqomida.

Asosiy mavzular