15:57 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
41301

Kecha yana 66 kishida koronavirus aniqlandi. Shulardan 42 nafari Toshkentda. Shuningdek, bir bemor vafot etdi.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 79303nafarni tashkil etmoqda. Kecha yana 66 infektsiya aniqlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Soʻrov

Agar imkoniyat paydo boʻlsa, koronavirusga qarshi emlanasizmi?
  • Ha
    49.0% (142)
  • Yoʻq
    31.0% (90)
  • Emlanib boʻldim
    1.4% (4)
  • Hozircha bir qarorga kelganim yoʻq
    18.6% (54)
Ovoz berishdi: 290

Yangi kasallanganlarning 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida, 2 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Fargʻona viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 42 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 622 nafarga etdi.

Mamlakatda kasallikdan sogʻayganlar 77726 nafarga yetgan va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 955 nafar bemordan 153 nafari ogʻir, 29 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev aholini COVID-19 ga qarshi emlashni boshlash boʻyicha topshiriq bergani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular