05:49 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
46701

Oʻzbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Harbiy xizmatga yaroqli, muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar 2021 yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatiladi.

Teglar:
Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston, Mudofaa vazirligi, harbiylar

Asosiy mavzular