23:29 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
83821

Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning tarqatilishi va shartnoma berilishi vaqtincha toʻxtatildi.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. UzAuto Motors ERP/CRM SAP tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali kompaniyaning biznes jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish boshlanganligini maʼlum qildi.

“SAP texnologiyalaridan foydalanish murakkab biznes jarayonlarni optimallashtirishga, ishlab chiqarish, sotish, kadrlar bilan ishlash va buxgalteriya hisobini rejalashtirishni toʻliq avtomatlashtirishni taʼminlaydi.

UzAuto Motors savdo tizimiga SAP texnologiyalarining tatbiq etilishi eng avvalo, inson omili taʼsirisiz avtomobillar savdosining shaffofligini taʼminlaydi. Ushbu jarayon yakunlanmagunga qadar, Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning tarqatilishi va shartnoma berilishi vaqtincha toʻxtatildi.

Shu bilan birga, bunga qadar tuzilgan shartnomalar boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydi. Yangi tizimning joriy etilishi mijozlarga avtomobillarni yetkazib berish vaqtiga taʼsir qilmaydi”, - deyilgan kompaniya xabarida.

Asosiy mavzular