01:21 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
560 0 0

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda 18 yoshga toʻlmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish uchun jinoiy javobgarlik oʻrnatildi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Xujjatga muvofiq, Jinoyat kodeksi oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxsning oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda unga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish uchun javobgarlikni belgilaydigan modda bilan toʻldirilmoqda.

Bunday xatti-harakatlarni amalga oshirganlar uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Asosiy mavzular