TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. 2021 yil 16 fevral kunidan boshlab Toshkent – Namangan – Andijon yoʻnalishida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
64/63-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan yoʻlovchi poyezdi Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiradi.
Mazkur poyezdlar haftada ikki marotaba, yaʼni 64-sonli yoʻlovchi poyezdi haftaning seshanba va juma kunlari Toshkent – Namangan – Andijon yoʻnalishida, 63-sonli yoʻlovchi poyezdi esa haftaning chorshanba va shanba kunlari Andijon – Namangan – Toshkent yoʻnalishida harakatlanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Urganch – Fargʻona yoʻnalishida muntazam parvozlar yoʻlga qoʻyilgani xabar qilingan edi.