18:25 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
95 0 0

Oʻzbekistonda yangi qurilayotgan uy-joy komplekslari orasida quruvchi kompaniyalar hisobidan qoʻshimcha maktab ham qurib beriladigan boʻldi.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda yangi qurilayotgan uy-joy komplekslari orasida quruvchi kompaniyalar hisobidan qoʻshimcha maktab ham qurib beriladi.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovning soʻzlariga koʻra, prezident Davlat dasturi muhokamasidagi videoselektorda ushbu ijobiy tajribani barcha hududlardagi yangi qurilayotgan uy-joy komplekslariga keng joriy etish boʻyicha hududlar rahbarlariga topshiriq bergan.

“Har bir yangi quriladigan xonadonga taxminan 1,5 oʻquvchi oʻrnini hisobini olib, davlat maktabi qurib berish kerak boʻladi. Shunda tijorat maqsadlarida 1000 ta kvartirali kompleks qurilsa, 1500 oʻrinli davlat maktabi ham qurib topshiriladi”, - deya yozadi vazir.

Shermatovning taʼkidlashicha, bu oʻz navbatida maktablarga ajratilayotgan investitsiya dasturidagi mavjud mablagʻlar doirasida uzoqroq hududlardagi koʻproq maktablarni kapital taʼmirlashga imkoniyat beradi.

“Chunki viloyat markazida 1 ta yangi maktab qurishga ketadigan xarajat hisobiga tumanlarda kamida 10−15 ta maktabni zoʻr qilib kapital taʼmirlasa boʻladi”, — dedi u.

XTV rahbari OAV va jamoatchilik vakillarini ushbu yaxshi tajribani bemalol joyiga borib koʻrishga, quruvchi va developer kompaniyalar orasida kengroq tarqatishga, joylardagi boshqa yangi qurilishlarda ham nazoratga olishda yordam berishga chorlagan.

Eslatib oʻtamiz, prezident imzolagan “2021–2023 yillarda Oʻzbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda mamlakatda yana 22 ta bogʻcha, 31 ta maktab va 16 ta OTM qurilishi nazarda tutilgan.

Teglar:
Sherzod Shermatov, maktab

Asosiy mavzular