TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Bu yilgi fevral oyi Oʻzbekiston aholisini anomal iliq ob-havo bilan xursand qilishni davom ettirmoqda.
Oʻzgidromet maʼlumotlariga qaraganda, hafta davomida quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
15 fevar kuni harorat iqlimiy meʼyordan 8-10 darajaga yuqori boʻladi. Ob-havo 15-20 daraja iliq, janubda esa 20-25 daraja iliq atrofida boʻladi.
16 fevral kuni togʻoldi togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
Mamlakatning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. 21 fevral kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik ehtimoli kam. Dam olish kunlari harorat koʻtarilishi davom etadi, kechalari 3-8 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda, kunduz kunlari esa havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda 23-25 daraja iliqqacha isiydi.
Dam olish kunlari oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 10-12 darajaga yuqori boʻladi.