09:42 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
90 0 0

“Bursa Tohumculuk Ziraat ve Tic.A.S.” korxonasidan Oʻzbekistonga keltirilgan 85 kilogramm pomidor urugʻida ToBRFV virusi aniqlangan.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. 2021 yil 12 fevraldan boshlab Turkiyaning Bursa hududidan Oʻzbekistonga pomidor va qalampir urugʻliklarini olib kelish vaqtinchalik taqiqlandi. Bu haqda “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Bunga mazkur hududda joylashgan “Bursa Tohumculuk Ziraat ve Tic.A.S.” korxonasidan Oʻzbekistonga keltirilgan 85 kilogramm pomidor urugʻida Pomidor jigarrang bujmayish virusi (Tomato brown rugouse fruit virus) aniqlangani sabab boʻlgan.

Holat boʻyicha 11 fevral kuni mahsulotlarni olib kirishda belgilangan fitosanitariya talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma Turkiyaning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkilotiga yuborilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Turkiyaning vakolatli organidan “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasiga javob xati kelib tushmagan.

Inspektsiya import bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar ekish materiallari, koʻchat hamda urugʻliklarni respublika hududiga olib kelish jarayonida Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasini oldindan xabardor qilishi maqsadga muvofiqligini taʼkidlagan.

Bunda, mahsulot import qilingunga qadar eksportyor davlatning karantin xizmati bilan “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi masʼullari bogʻlanib, mahsulot haqida batafsil maʼlumot toʻplanadi.

Teglar:
qalampir, pomidor, Turkiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular