01:52 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
202 0 0

Oʻzbekiston 2021 yil oxiriga qadar aholining kasallikka qarshi eng himoyasiz hamda birlamchi xizmat koʻrsatuvchi soha vakillari - shifokor, oʻqituvchi va IIV xodimlarini toʻliq emlashni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 16 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanmoqda. Maxsus komissiyaning 15 fevral kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida vaktsinatsiya oʻtkazish tartibi va aholining qaysi toifasi birinchi navbatda bepul emlanishi masalasi muhokama qilindi

Oʻzbekistonda birinchi navbatda yoshi katta, surunkali kasalligi bor va birlamchi xizmat koʻrsatuvchi soha xodimlarini (shifokor, oʻqituvchi, IIO xodimlari va hokazo) joriy yil oxirigicha koronavirusga qarshi vaktsina bilan toʻliq emlash rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muxtoj, yoshi katta va aholini boshqa zaif qatlamlari vakillarini vaktsina bilan emlash bepul tarzda yaʼni byudjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda Innovatsiya vazirligi boshchiligida Xitoyning Zhifei Longcom kompaniyasi bilan hamkorlikda ZF-2001 rekombinant vaktsinasining 3-faza klinik sinov bosqichi oʻtkazilmoqda. Hozirga qadar 3-faza klinik sinovi doirasida 6697 ta koʻngillilar vaktsinaning 1-dozasi bilan emlangan boʻlsa, yana 1209 tasi 2-dozani ham qabul qilganlar.

Klinik sinovning dastlabki natijalariga koʻra, vaktsina qabul qilganlar orasida 1-darajali nojoʻya taʼsirlar (allergik reaktsiya, biroz isitma chiqishi, bosh ogʻrigʻi) 5 nafar shaxsda kuzatilgan yoki 0.3%ni tashkil etgan xolos (solishtirish uchun, bu koʻrsatgich "Pfizer/Biontech"da 2-3.8%, "Sputnik V"da esa 0.3-0.4%ni tashkil etgan). 2- va 3-darajali nojoʻya taʼsirlar esa kuzatilmagan.

Ushbu klinik sinovning muvaffaqiyatli natijalari ortidan Innovatsiya vazirligi Oʻzbekistonda aholini emlashda mazkur vaktsinadan foydalanishni hamda buning uchun Maxsus komissiya tomonidan vaktsinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsat (EUA) berilishini taklif qilmoqda.

Agar maxsus komissiya tomonidan bunday ruxsat berilgan taqdirda, vaktsina yaratilishida hamkor tomon sifatida Oʻzbekistonga vaktsina imtiyozli narxlarda va yetarli quvvatlarda yetkazib beriladi. Shuningdek, mamlakatda vaktsina ZF-UZ-2001 nomi ostida Oʻzbekiston hukumati bilan hamkorlikda tijoratlashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Maxsus komissiya raisiga koʻra, Xitoy kompaniyasi mahalliy farmatsevtika kompaniyalarimiz bilan hamkorlikda ZF-UZ-2001 vaktsinatsini joriy yilda 300 mln. donagacha ishlab chiqishi va yetkazib berishi mumkin. Bu esa joriy yil oxirigacha mamlakat aholisini ommaviy ravishda emlash imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, Hukumat rahbari Xalqaro Vaktsinalar Ittifoqi (GAVI) tomonidan Oʻzbekistonga 2.5mln. ga yaqin Astra-Zeneca vaktsinalarini bepul yetkazib berilishi boʻyicha ham muzokaralar yakunlanayotganini maʼlum qildi. Muzokaralar yakuniga qarab, ushbu vaktsinalarning dastlabki 800 ming donasi joriy yilning mart oylarida Oʻzbekistonga keltirilishi kutilmoqda.

 

Asosiy mavzular