05:28 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
129 0 0

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Janubiy Koreya kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish sohasidagi hamkorlik boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuzdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasi vakillari Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) va “SI Imaging Services” kompaniyasi vakillari bilan uchrashgan.

Muloqotda koronavirus pandemiyasi davom etayotganiga qaramasdan, tomonlar ushbu yoʻnalishdagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini qayd etildi. Jumladan, Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi, Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti, shuningdek, Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekkosmos” agentligi mutaxassislari oʻrtasida bir necha bosqichda muzokaralar oʻtkazilgan.

Shavkat Mirziyoyev kosmos agentligini tashkil etdi

Taʼkidlanishicha, yaыin kunlarda qoʻshma ishchi guruh mutaxassislari oʻrtasida videokonferentsiya oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya va Oʻzbekiston kosmosda hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimning matnini tasdiqlagani xabar qilingan edi.

Teglar:
kosmos, Janubiy Koreya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular