Vinokur uni kulgi qiroli deb tan olgan. Askiya ustasi Mamasiddiq Sherayev bilan intervyu

© SputnikZaslujenniy artist Uzbekistana Mamasiddik Sherayev
Zaslujenniy artist Uzbekistana Mamasiddik Sherayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Taniqli so‘z ustasi Mamasiddiq Sherayev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda o‘zbek milliy qiziqchiligining bugungi holati, rus yumoristi Raykin taqdirida o‘zbek askiyachisi qanday rol o‘ynagani va "Million" guruhi kamchiliklari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Taniqli kulgi ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mamasiddiq Sherayev 1946-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan.

- Mamasiddiq aka, suhbatimizni pandemiya haqidagi savoldan boshlasak. Askiyani ishqibozlari ko‘pligini bilamiz, karantin choralari tufayli, muxlislarsiz zerikib qolmadilaringizmi?

- Darhaqiqat, xalqimiz askiya tomosha qilishga ishqiboz, askiya shinavandalari ko‘p. Konsert qilsak, 30 minglab odam kelardi.  Choyxonalarda choylarni damlab, oshlarga buyurtma berib, hatto karavotlarni oldindan band qilib qo‘yishardi.
© SputnikOstroslovisti
Ostroslovisti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Pandemiya sababli bunday yig‘inlar to‘xtadi. Ammo pandemiyani bir tomoni ma’qul keldi. Ikki metr masofada yotganimiz uchun xursand bo‘lyapman (bu askiyadan so‘ng kulgi ko‘tariladi). Xudo xohlasa, bu kunlar o‘tib, ko‘rmaganday bo‘lib ketamiz.
Zerikish bo‘lgani yo‘q. Pandemiya sharoitida xalqni ruhiyatini ko‘tarish maqsadida siz bilan suhbatlashib turgan mana shu – Marg‘ilon shahar "Musiqali maqom va askiya" teatrida, shuningdek, Qo‘qondagi teatrda shogirdlar bilan tomoshabinsiz konsertlar uyushtirib turdik.

- Askiya san’ati faqat o‘zbeklarda bor, dunyoda boshqa hech bir millatda yo‘q, degan fikrga qanday qaraysiz? Nega shunaqa? 

- Askiya san’ati uzoq tarixga ega, ammo alohida janr sifatida o‘n beshinchi asrdan boshlab shakllangan va bugungi kungacha davom etapti. Bu san’at turi boshqa davlatda yo‘q bo‘lgani uchun ham rossiyalik so‘z ustalari, ustoz san’atkorlar tan olib gapirishgan-da.
P/k, posvashennaya proyektu Kino na ssene - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2019
Yuriy Stoyanov o‘zbek yumoristlari va senzura haqida
RSFSR xalq artisti, rossiyalik do‘stimiz Vladimir Vinokur "Hozirjavoblik – bu askiya san’ati. U faqat O‘zbekistonda, Farg‘ona vodiysida bor. Askiyachi – bu kulgi qiroli, u Mamasiddiq Sherayev" deganlar.
Mashhur rus qiziqchisi Arkadiy Raykin ham askiya ustasi – O‘zbekiston xalq artisti Yusufjon qiziq Shakarjonovni "ustozim" deya tan olgan, ulug‘lagan, hurmat qilgan. Ustozdan askiya, miniaturalarni o‘rganib, keyinchalik satira teatrini ochgan.
Barchaga mashhur Yuriy Nikulin sirkda birga ishlagan ustoz Yusufjon qiziqdan konferanslikni o‘rgangan. Ustozdan bunday saboqlarni olgan Nikulin kam bo‘lmagan, SSSR xalq artisti bo‘lgan.
Bugungi ko‘p yoshlar qiziqchiniyam askiyachi deydi, masharabozniyam. Askiyachi bilan latifachini orasida yer bilan osmoncha farq bor, axir. Askiya – ilohiy san’at, askiyachi tilning keng imkoniyatlarini, so‘z o‘yini, qochirim, kesatiq, o‘xshatish, mubolag‘a singari hajv san’ati vositalarini puxta egallagan bo‘lishi lozim. Chunki askiya tayyorgarliksiz qilinadi. Mavzusini aytsangiz – bo‘ldi, buyog‘i ketaveradi.

- Askiya san’atining yuzaga kelishiga balki o‘zbeklar ayrim masalalarda ochiq gaplashishdan uyalib, ayrim so‘zlarga ikki xil ma’no bergani, ramzlar va ishoralar bilan gaplashishga o‘rgangani sabab bo‘lganmikin? 

- O‘zbek tili serma’no, boy tilligi uchun ham har bitta gap ostida kulgi yotadi.
Deylik, er-xotin urishib qolsa, xotin "mani to‘ydirvordingiz" deydi. Yoki mahalladan kelin oldingiz. Uyga kelsangiz, kelin ham, nevara ham yo‘q. "Kelin qani?", desangiz,  "Hozir onasinikiga kirib ketdi", deyishadi.
© SputnikZriteli na predstavlenii askiya
Zriteli na predstavlenii askiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Akademik, shoir G‘afur G‘ulomning "askiya – bu erkaklarning hammomi" degan gapi bor.
Yana kuldirishning ichida eng qiyin, eng nafisi – bu askiya, degan gapni ham shu kishi aytganlar.

- Bugungi kunda to‘rt-besh kishi bir bo‘lib olib, o‘zlarini falonchi guruh deb nomlab, qiziqchi nomiga da’vogarlik qilib, konsert berayotganlar soni ko‘p. Siz bu holatga qanday qaraysiz?

- Yaqinda 580-yilligi nishonlangan hazrat Alisher Navoiy bobomizda shunday satrlar bor:
Kulgiki o‘z haddidin o‘ldi yiroq,
Yig‘lamoq andin ko‘p erur yaxshiroq...
Afsuski, sahnalarda chiqish qilayotgan o‘sha "Million", "Dizayn" degan guruhlar o‘zbek milliy qiziqchiligi o‘zi nima, askiya nima, masxarabozlik nima yaxshi tushunishmaydi. Ota-bobolarimizdan qolgan bir naql bor: ustoz ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alar.
Million guruhi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2017
Shamani shama qilgan "MILLION"
Yuqorida aytdim, o‘zbek tili boy til, xalq orasida tagdor askiyalar ko‘p, deb. Lekin bugun biz nari borsa tarjima qilingan latifalarga kulyapmiz. Sun’iy kuldirapmiz. Natijada bachkanalashib ketdi hajv san’ati ham.
"Million"mi, boshqasimi, bironta rahbari kelib, "Mana shuni xalqqa olib chiqmoqchimiz, ustoz, ko‘rib, kamchiliklarini aytsangiz", demagan.
Bizni davrimizda sahnaga chiqishdan avval kollegiya bo‘lardi, o‘nlab ulug‘ ustozlar “Kimni she’ri bu?”, “Kimni musiqasi?” deya savol berishardi. Shundan o‘tsa, televideniyega qo‘yilardi, radioga chiqardi.
Oliy sahnani o‘ziga yarasha qonun-qoidasi bo‘ladi. Sahnaga senzura bilan chiqib, xalqqa tarbiyaviy ahamiyatga ega narsalarni yetkazishimiz kerak. Zalda otalarimiz, onaxonlarimiz, yosh o‘g‘il-qizlarimiz o‘tirgan ekan, quyushqondan chiqish yaramaydi.
Biz askiya qilishdan avval zalda kimlar yig‘ilganiga e’tibor beramiz. Onalarimiz, qizlarimiz bo‘lsa, dasturimiz shunga moslab tanlanadi.
© SputnikZaslujenniy artist Uzbekistana Mamasiddik Sherayev
Zaslujenniy artist Uzbekistana Mamasiddik Sherayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mamasiddiq Sherayev bilan intervyu jarayoni.
Choyxona uchun boshqa dasturlarimiz bor. Navro‘z, Mustaqillik singari bayramlarimiz uchun ham alohida mavzularda askiya ketadi.
"Gap ekan", deb, deb har xil gapni gapirib, elni nazaridan qolishdan yomoni bo‘lmasa kerak. Quduqni igna bilan qazganday qazasiz, ammo uni bir pasda ko‘mib yuborish mumkin.
Suhbatdan oldin tashkillashtirilgan konsertda shogirdlarimizni askiyasini eshitdingizmi?
Xalida Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2018
Qiziqchi Halimaxon ham “Kiki” raqsini o‘ynadi
"Xavsana, xoy xavsana, umid bilan o‘qishga kiribsanu, darslarga kelmayapsan-a", yo "Xavsana, jon xavsana, sinfga sardor bo‘pturib, kelinglar, kutubxonaga kirib, domla bergan darslarni qaytaraylik demayapsana", deyapti.
Bu gaplar tagida katta ma’no bor.
Qiziqchilikdan maqsad faqat kuldirish emas, balki kuldirib, tarbiyalash.

- Umuman, askiya san’atining kelajagini qanday ko‘rasiz? Uni san’at sifatda targ‘ib etish kerakmi?

- Albatta! Askiya kelajak avlodga qolishi kerak. Shu maqsadda davlat rahbari oldimizga katta vazifa qo‘yganlar. Prezidentimiz 2019-yil may oyida Farg‘ona viloyatiga kelganlaridan so‘ng 19 ta madaniyat markazlari qoshida “Yosh askiyachilar” to‘garagi tashkil qilingan edi. Meni ularga rahbar etib tayinlashdi. So‘ng, o‘tgan yili fevral oyida “O‘zbek xalqining askiya va qiziqchilik san’ati” nomli kitob taqdimotini o‘tkazdik. O‘zbekiston xalq artisti, Farg‘ona davlat universiteti professori Sultonali Mannopov bilan birgalikda askiya darslik kitobini yozdik.
Toshkentda Navruz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2017
Farg‘onada Navro‘z sayllari o‘lanu-laparlar askiya va sumalak bilan o‘tmoqda
Endi yosh askiyachilar to‘garaklari filiallarini respublika bo‘ylab tashkil qilish rejamizda bor. Chunki yosh talantlar ko‘p yoshlarimiz orasida, ularni izlab topishimiz kerak.
Hozirda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan birga to‘garaklarni tamomlagan eng iqtidorlilariga Qo‘qondagi madaniyat instituti filialiga yo‘llanma berish amaliyotini yo‘lga qo‘ymoqchimiz.
Hozirda 9 nafar shogirdim bor, ammo 34 million xalq uchun bu nihoyatda kam. Iqtidorli yoshlar orasida har mingtasidan bittasida talant bo‘lsa, boshimiz osmonga yetardi.
Yurtboshimiz bizni oldimizga qo‘ygan vazifani oxiriga yetkazishimiz kerak.
Yangiliklar lentasi
0