11:12 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
204 0 0

Rossiya faqat 20ta aviaqatnov tiklangan davlatlardan talabalarni kiritishga ruxsat berdi. Ular orasida Oʻzbekiston bormi?

TOSHKENT, 17 fev - Sputnik. Rossiya OTMlarida oʻqiyotgan Oʻzbekiston Respublikalari fuqarolariga hozircha Rossiyaga kirish mumkin emas. Bu haqida Rospotrebnadzor xabariga asosan Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi xabar qilmoqda. 

Rospotrebnadzor xabarida aytilishiga koʻra, hozircha faqat Rossiya bilan "aviqatnovlar rasman tiklangan mamlakatlardan" talabalar kelishiga ruxsat berilgan. 

Rossiyaga kirib kelayotgan talabalar 2 marotaba PZR test topshirishlari kerak boʻladi. Birinchi marotaba - Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelishdan koʻpi bilan 3 kun oldin va ikkinchi marotaba - Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelgandan soʻng 72 soat mobaynida test topshiradilar, - deyilgan xabarda.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yana bir bbor eslatib oʻtgan - 2021-yil 16-fevral holatiga koʻra, Rossiya tomoni Oʻzbekiston fuqarolarining mamlakatga kirib kelishlari, jumladan, oʻqish maqsadida kelishlari uchun oʻrnatilgan cheklovlarni bekor qilgani yoʻq.

Maʼlumot uchun, bugungi kun holatiga Rossiya 20 ta davlat bilan aviaqatnovlarni rasman ochgan: Belarus, Buyuk Britaniya, Serbiya, Finlyandiya, 
Shveytsariya, Vyetnam, Hindiston, Turkiya, Qozogʻiston, Qatar, Qirgʻiziston, Maldivы, BAA, Janubiy Koreya, Yaponiya, Seyshelы, Tanzaniya, Misr, Efiopiya, Kuba.  

Asosiy mavzular