09:56 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
30501

Toshkentda “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” beshinchi xalqaro kongressi va koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo gidroenergetikasi rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlandi. Bu haqda “Sputnik” muxbiri xabar qilmoqda.

Mukofotni Sanginovning oʻrniga “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Bekzod Amirsaidov qabul qilib oldi.

Bugun Toshkentda “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” beshinchi xalqaro kongressi va koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi. Tadbir Oʻzbekiston Energetika vazirligi koʻmagida boʻlib oʻtmoqda. “Oʻzbekgidroenergo” AJ kongressning strategik hamkoridir.

Oldingi tadbir 2020 yil 19-20 fevral kunlari Bishkekda boʻlib oʻtgandi.

Teglar:
“Oʻzbekgidroenergo” AJ, Abdugʻani Sanginov

Asosiy mavzular