17:58 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
386 0 0

Oʻzbekiston va Tojikiston mavjud texnik toʻsiqlarni izchil ravishda olib tashlash va ikki mamlakat bozorlariga oʻzbek va tojik mahsulotlarining erkin kirib borishini taʼminlashni jadallashtiradi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari,  investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Tojikiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Davlatali Saidov oʻrtasida videokonferentsiya shaklida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga koʻra, uchrashuv davomida tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, suv resurslari sohasida va bank-moliya sektorida oʻzaro aloqalarning bir qator dolzarb jihatlarini koʻrib chiqib, kun tartibidagi asosiy masalalar boʻyicha fikr almashdi.

"Xalqaro moliya institutlari va donorlarning moliyaviy-texnik yordamini jalb etish orqali qator gidrotexnik inshoot hamda obʼyektlarni modernizatsiya qilish va Tojikiston hududidagi suv omborlaridan Oʻzbekistonga barqaror hamda oʻz vaqtida suv yetib kelishini taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha hamkorlikni faollashtirish rejalashtirildi", - deyilgan xabarda.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakatning asosiy vazirliklari va idoralari rahbarlaridan tashkil topgan qoʻshma ishchi guruhini tuzish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tomonlarning umumiy fikriga koʻra, Tojikistonning sanoat obʼyektlarida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va  NQAT), shuningdek, tashqi yoritishni masofadan boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi (TYOMBAT) boʻyicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbolli yoʻnalish hisoblanadi.

Shuningdek, mavjud texnik toʻsiqlarni izchil ravishda olib tashlash va ikki mamlakat bozorlariga oʻzbek va tojik mahsulotlarining erkin kirib borishini taʼminlash orqali oʻzaro savdo hajmini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash boʻyicha birgalikda ishlarni jadallashtirishga kelishildi.

Shuningdek, tomonlar investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va suv-energetika hamkorligi sohalarida qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish uchun alohida "Yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib oldi.

Teglar:
suv, Tojikiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular