00:53 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
239 0 0

17 fevraldan Samarqand viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh boʻlgan Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh boʻlgan Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, pandemiya sababli shu kunga qadar talabalar Tojikistonga faqatgina “Sariosiyo”, “Oybek” va “Plotina” chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanishi mumkin edi.

"Masofaning uzoqligi samarqandlik talabalarga qiyinchilik tugʻdirayotgan edi. Shu yil 17 fevral kunidan talabalarga Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti orqali harakatlanishlariga ruxsat berildi”, - deyilgan xabarda.

Tojikiston oʻzbekistonlik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berdi

“Jartepa” chegara bojxona posti orqali hozircha faqat Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼyektlarining eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishlari, shuningdek, xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari hamda talabalar harakatlanishi belgilangan.

Teglar:
“Jartepa” chegara bojxona posti, Samarqand viloyati

Asosiy mavzular