Kofein miya hajmini kichraytiradi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishChashka kofe.
Chashka kofe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Bazel universiteti olimlari muntazam qahva ichish miyaning kulrang moddasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishdi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Shveysariyaning Bazel universitet tadqiqotchilari muntazam ravishda qahva ichish miyaning kulrang moddasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari “Cerebral Cortex” jurnalida chop qilingan.
Tadqiqotda muntazam qahva ichishni odat qilgan 20 nafar yoshlar ishtirok etgan.
Tajriba ikkita o‘n kundan iborat bosqichga ajratilgan. Birinchi bosqichda sinovda ishtirok etayotganlar kofein tabletkasini, ikkinchi bosqichda esa platsebo ichishgan.
Mujchina osmatrivayet volosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
Soch to‘kilishiga qarshi noyob vosita aniqlandi
Mutaxassislar ishtirokchilarning uyqu sifati va kulrang moddasining hajmini tahlil qilishgan.
Aniqlanishicha, tadqiqot ishtirokchilarining uyqu sifati ular kofein ichgani yoki ichmaganidan qat’i nazar bir xil bo‘lgan. Ikkinchi bosqichda kulrang modda hajmi yiriklashgan. Farq, ayniqsa o‘ng chakka qismida sezilgan.
Kasallik paytida choy va qahva nega zararli?
“Tadqiqot natijalari kofeinning miyaga salbiy ta’sirini anglatmaydi. Biroq, ravshanki, har kun iste’mol qilinsa, u kognitiv funksiyalarga ta’sir ko‘rsatadi”, - deb hisoblaydi professor Kerolin Reychert.
Shuningdek, ekspertlar 10 kun qahvadan voz kechilgandan so‘ng ularning miya to‘qimalari qayta tiklanganini aniqlashgan.
Yangiliklar lentasi
0