19:41 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
1054 0 0

Oʻzbekistonda yana 51 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 79 548 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Yana 51 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 79 548 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 33 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 78 059 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foiz.

Ayni paytda 867 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 153 nafari ogʻir, 28 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 109,9 milliondan oshdi, 2,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (27,8 mln), Hindistonda (10,9 mln), Braziliyada (9,9 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
Teglar:
koronavirus, koronavirus pandemiyasi, Toshkent, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular