09:44 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
346 0 0

Oʻzbekiston birinchi navbatda yoshi katta fuqarolar, surunkali kasali borlar va birlamchi ijtimoiy xizmat sohasida ishlaydiganlar - shifokorlar, oʻqituvchilar, IIV xodimlarini emlashni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Alisher Usmonov Oʻzbekiston harid qilayotgan 1 million dona vaktsinaning 500 mingtasini oʻz hisobidan olib beradigan boʻldi, bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev Naamanganda soʻzlagan nutqida maʼlum qild. 

"Alisher Burxonovich 1 millionta vaktsinadan 500 mingini oʻzimning hisobimdan olib beraman, dedi. Men Namanganni yaxshi koʻraman, birinchi 50 mingini ularga bergin, deb iltimos qildi", — dedi prezident.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlashda birinchi navbatda yoshi katta fuqarolar, surunkali kasali borlar va birlamchi ijtimoiy xizmat sohasida (shifokorlar, oʻqituvchilar, IIV xodimlari va ho kazo) ishlaydigan fuqarolarni emlashni nazarda tutilgan. Yil oxiriga qadar emlanadigan fuqarolar soni 4 milliondan ortiq boʻlishi kutilmoqda. 

Asosiy mavzular