06:50 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
270 0 0

“Toshkentdagi kabinetlar eshigini qanday ochishni, masalani qanday hal qilishni biladi”, - dedi prezident Shavkat Abdurazoqov haqida.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Namangan shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

“Xabarlaring bor, Namangan viloyatining avvalgi hokimi Xayrulla Bozorov islohotlarimizni amalga oshirish boʻyicha koʻp ishlar qildi. Bu yerda olingan saboq va tajribani ikkinchi viloyatda ham qoʻllash, odamlarning birini ikki qilish uchun uni Fargʻona viloyatiga hokim qildik. Endi Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlash masalasini koʻrib chiqishimiz kerak. Namanganning bugungi rivojiga munosib, uddaburron, xalqparvar, tadbirkorni qoʻllab-quvvatlaydigan odamni rahbar qilib saylashimiz kerak”, - dedi prezident.

Davlat rahbari hokimlarni tayyorlash va tayinlash masʼuliyati haqida gapirdi.

“Hayot shundayki, men har bir viloyatga rahbar boʻla oladigan odamni toʻrt-besh yil oldin tayyorlashga majburman. Shavkat Abdurazoqov Namangan tumani, Namangan shahrida hokim boʻlgan, Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, vazir boʻlib ishlagan. Namanganning sharoitini, xalqning dardini, Toshkentdagi kabinetlar eshigini qanday ochishni, masalani qanday hal qilishni biladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari 2020 yil sentyabr oyidan buyon Namangan viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Abdurazoqov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Abdurazoqov 1976 yilda Namangan shahrida tugʻilgan. Viloyat hokimligi, davlat mulki boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasida masʼul lavozimlarda ishlagan. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

Xalq deputatlari, nuroniylar, ayollar, yoshlar soʻzga chiqib, nomzodni qoʻllab-quvvatladi. Ovozga qoʻyish natijalariga koʻra, Shavkat Abdurazoqov Namangan viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Asosiy mavzular