16:45 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1382)
828 0 0

Respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 79 598 nafarni tashkil qilmoqda. Yangi holatlar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Yana 50 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 79 598 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 3 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Fargʻona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 36 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 78 100 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foiz.

Ayni paytda 876 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 153 nafari ogʻir, 28 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 109,9 milliondan oshdi, 2,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (27,8 mln), Hindistonda (10,9 mln), Braziliyada (9,9 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1382)
Teglar:
Toshkent, koronavirus pandemiyasi, koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular