15:40 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
176 0 0

Xonobod bazasida toksik zaharlanish yoki nurlanish holatlari haqidagi xabarlar borasida, Oʻzbekiston Mudoffaa vazirligi AQShga diplomatik kanallar orqali munosabat bildiradi.

TOSHKENT, 19 fev – Sputnik. 2001-2005 yillarda AQSH harbiylari xizmat qilgan Oʻzbekistondagi  Xonobod  aviabazasida toksik zaharlanish holatlari aniqlanmagan. Bu yerda xizmat qilayotgan Oʻzbekistonlik harbiylar har bir parvoz oldidan tekshiruvdan oʻtmoqda, dedi Mudofaa vazirligining matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov.

“AQSH harbiylari bu yerda 5 yil yashagan boʻlsa, oʻzbekistonlik harbiylar bu yerda 15-20 yildan buyon hizmat qilmoqda. Ayrim texnik mutaxassislar bu yerda bir umr ishlaydi. Lekin ularda amerika askarlarida qayd etilgan holatlar aniqlanmagan”, - dedi Zulfiqorov jurnalistlarga.

Mudofaa vazirligi kotibining soʻzlariga koʻra, bu yerda xizmat qilayotgan harbiy uchuvchilar nafaqat har mavsumda, balkim har bir parvoz oldidan koʻrikdan oʻtkaziladi.

Undan tashqari bu yer harbiy qism boʻlgani uchun unda radiatsiya va boshqa muhitni har soatda tekshirib turadigan aspoblar bor va agar normadan biror oʻzgarish sodir boʻlgan taqdirda darhol “trevoga” koʻtariladi.

Eslatib oʻtamiz, AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp, ketishidan bir kun oldin, 2000 yillar boshida Oʻzbekistonda xizmat qilgan harbiylarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maxsus buyruq imzolagan edi. Unda aytilishiga koʻra Oʻzbekistonda xizmat qilganlarning 75% (11 mingdan ortiq) saraton va boshqa turli kasalliklarga chalingan.

Mudofaa vazirligi matbuot kotibining aytishiga  qaraganda, Xonoboddagi harbiy bazada radiatsion yoki toksik zaharlanish boʻlishi – haqiqatdan yiroq. Va aksincha, bunday xabarlar  Oʻzbekiston imidjiga va turistik potentsialiga zarar yetkazishi mumkin.

Ushbu munosabat bilan Mudoffaa vazirligi diplomatik kanallar orqali AQShga ushbu masala borasida rasmiy munosabat bildirilishini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular