16:27 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
339 0 0

"Uzbekistan Airports" kelajakda mustaqil roʻyxatdan oʻtish xizmatini Oʻzbekistondagi 11 ta xalqaro aeroportlarda bosqichma-bosqich oʻrnatishni rejalashtirgan. 

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyaning "Aeroflot" yoʻlovchilari uchun qoʻshimcha qulaylik paydo boʻldi, deb xabar qilmoqda "Uzbekistan Airports" AJ. 

Bugundan boshlab, U yerda oʻrnatilgan Self Check-In kioski xizmatidan, “Aeroflot” aviakompaniyasi yoʻlovchilari ham foydalanishi mumkin boʻldi. Self Check-In xizmati orqali yoʻlovchilar oʻzlarini oʻzlari roʻyxatdan oʻtkazishi, samolyot ichida oʻrindiq tanlashi va joylashish haqidagi talonni ham olish mumkin.

Maʼlumot uchun, oldin ushbu xizmat faqat "Turkish Airlines" aviakompaniyasi yoʻlovchilari foydalanish imkoniga ega edilar.

Bugungi kunda "Uzbekistan Airports" AJga ushbu kioskalar xizmatlardan foydalanish borasida Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirayotgan barcha xorijiy aviakompaniyalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda va ularning takliflari oʻrganilmoqda.

Keldajakda "Uzbekistan Airports" mustaqil roʻyxatdan oʻtish tizimini yanada takomillashtirish va Self Check-In kiosklarini Oʻzbekistondagi 11 ta xalqaro aeroportlarda bosqichma-bosqich oʻrnatishni rejalashtirgan. 

Kiosk dlya samostoyatelnoy registratsii v Tashkentskom aeroportu

Asosiy mavzular