23:46 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
220 0 0

Tadbirkorlardan videokuzatuv vositalarni oʻrnatish va ishga tushirish uchun faqat mablagʻ, investitsiya talab qilinadi, qaror chiqarish va jarimaga tortish - davlat tomonidan amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 20 fev - Sputnik. Yoʻl-harakati qoidabuzarliklarini qayd etish jarayoniga tadbirkorlarni jalb etishga doir savolga IIV YHXBB boshligʻi Ilhom Idirov javob berdi. 

Savol: Maʼlumki, Oʻzbekiston prezidentning qaroriga asosan, yoʻl-harakati qoidabuzarliklarini qayd etish vositalari tadbirkorlarga ham beriladigan boʻldi. Ushbu holat jamoatchilikning ayrim vakillari tomonidan eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda. Xususan, fuqarolarni jarimaga tortish va shu kabi jarayonlar davlat organlari qoʻlida boʻlishi kerak, tadbirkorlar bunga jalb etilishi kerak emas, degan fikr bor. Ushbu masalaga YHXBBning  munosabati qanday?

Prezidentimizning 4913-sonli qarori bilan davlat organlarining ayrim faoliyatlariga xususiy sektorni jalb etish koʻzda tutilgan. Jumladan yoʻl harakati qoidabuzarliklarini avtomatik qayd etish moslamalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish jarayonlariga. Bu yerda bir narsani toʻgʻri tushunish kerak, xususiy tadbirkorlarning vazifasi - faqat ushbu moslamalarni oʻrnatish va ishga tushirish. Keyin ushbu tizim bizning maʼlumriy-amaliyot tizimiga bogʻlanadi. Qaror chiqarish, jarimalarni undirish - hammasi davlat YHX tomonidan amalga oshiriladi, - dedi Ilhom Idirov. 

Maʼlumot uchun, IIV YHXBB sohasida chuqur islhotlar olib borilmoqda. Xususan 5 ta prezident qarori va 40dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tadbiq etilgan. Buning natijasida 2020 yilda YTHlar soni 2019 yilga nisbatan 13,5%ga kamaygan. Jarohat olganlar soni 16 % va halok boʻlganlar soni 6,3%ga kamaygan. Bundan xulosa shuki, amalga oshirilayotgan ishlar kam boʻlsagʻda samaradorligini bermoqda.

Asosiy mavzular