18:35 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
200 0 0

Kecha Oʻzbekistonda yana 34 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Shulardan 21 nafari Toshkent shahridan.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Oʻtgan kun Oʻzbekistonda yana 34 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 79 632 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Kecha aniqlangan holatlarning 21 tasi Toshkent shahriga toʻgʻri kelmoqda. Qolganlari Andijon viloyatida (3 ), Jizzax viloyatida (1 ), Namangan viloyatida (1 ), Sirdaryo viloyatida (2), Fargʻona viloyatida (3), Xorazm viloyatida (1), Toshkent viloyatida (2) aniqlangan.

Respublikada jami 78127 nafar bemor tuzalib ketgan va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 883 nafar bemordan 153 nafari ogʻir, 28 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra dunyo boʻylab koronavirus yuqtirib olganlar soni 111,2 milliondan oshib ketgan. Shulardan 86,1 millioni shifo topgan. 2,4 milliondan ziyod kishi virus qurboniga aylangan. Kasallanganlar soni boʻyicha AQSH (28,6 mln), Hindiston (10,9 mln), Braziliya (10 mln) Rossiya (4,1 mln) va Buyuk Britaniya (4 mln) yetakchilik qilmoqda.

Teglar:
Oʻzbekiston, Toshkent, koronavirus

Asosiy mavzular