09:10 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
862 0 0

Hujayralar yangilanish manbai bu – ildiz hujayralaridir. Ular qon, suyak, nerv va boshqa hujayralarga aylanishi mumkin. Inson yoshi katta boʻlgan sari ildiz hujayralarga ehtiyoj ortib boradi.

TOSHKENT, 20 fev —Sputnik, Alfiya Yenikeyeva. Har soniyada inson organizmida 3,8 million dona yangi hujayra paydo boʻladi, bir kunda – 330 milliard. Lekin inson yoshi ulgʻayishi va turli kasalliklarga chalinishi oqibatida hujayralar qayta tugʻilish qobiliyati susayib boradi. Yaqinda rossiyalik olimlar yangi kashfiyot qilishdi: hujayralar koʻpayish jarayonini boshqarish mumkin ekan.  

Toʻxtovsiz koʻpayish

Shvetsiyalik biolog Jonas Frisen 2005 yilda Inson hujayralari tugʻilishining retrospektiv monitoringi (Retrospective Birth Dating of Cells in Humans) nomli hisobotini chop etgan edi. Unday aytilishiga koʻra, insonning turli aʼzolari hujayralari turlicha davomiylikda umr koʻrar ekan. Masalan, ichak hujayralari oʻrtacha – 10,7 yil, teri hujayralari –  5 yil, koʻz toʻrpardasi hujayralari esa – bir umr.

Yaʼni, inson organizmida yangilanish jarayoni toʻxtovsiz davom etadi. Har soniyada millionlab hujayralar oʻladi, ularning oʻrniga yana millionlab hujayralar paydo boʻladi.

“Yangi hujayralar paydo boʻlish jarayoni 3 xil amalga oshishi mumkin ekan: hujayralar boʻlinishi, ildiz hujayralar oʻzgarishi va bir hujayraning boshqa hujayraga aylanishi orqali”, -  deydi MGU Regenerativ tibbiyoti instituti direktori, akademik Vsevolod Tkachuk.

Chandiqsiz yaralar

Isroillik olimlar xulosasiga koʻra, inson organizmida bir kunda 330 milliard yangi hujayra paydo boʻlar ekan. Ularning aksariyati (86% )qon tarkibida suyak iligi hujayralaridan yaratiladigan eritrotsitlar va neytrofillardir. Ular. Qolgan 12 % - oshqozon ichak hujuyralari va 1,1 % - teri hujayralari.

Yashash muddati bir necha kundan 15 yilgacha boʻlgan qolgan hujayralar (1%dan kam)  – masalan skelet mushaklari – plyuripotent ildiz hujayralari hisoblanadi. Ushbu hujayralar oʻtgan asrda sovet biologi Aleksandr Fridenshteyn tomonidan kashf qilingan edi. Bugungi kunda aynan ushbu hujayralar olimlarni qiziqtirmoqda.

Shunisi aniq-ki, hujayralar yangilanish manbai bu – ildiz hujayralaridir. Ular ular - qon, nerv, suyak, togʻay, yogʻ va boshqa toʻqimalarga aylanishi mumkin. Yillar oʻtishi bilan inson organizmida ildiz hujayralar kamayib boradi. Lekin baʼzan, biror kasallik oqibatida, ayrim aʼzolarda ildiz hujayralar muddatidan oldin tugab qolishi mumkin. Inson yoshi katta boʻlgan sari ildiz hujayralarga boʻlgan ehtiyoj ortib boradi.

Olimlar hozircha hujayralar oʻlish-tugʻilish jarayonini qanday boshqarishni bilishmaydi, lekin ana shu jarayon oʻrganilganidan soʻng, biz tana ichidagi jarayonlarni yangilash imkoniga ega boʻlamiz, - deydi Tkachuk.

Hozir esa olimlar toʻqima injiniringi va gen-hujayra terapiyasi uchun kerakli toʻqimalarni alohida tanadan tashqarida yetishtirishmoqda.  

Olim aytishiga qaraganda, koʻp potentli stromal hujayralar – oʻsish gormoni va oqsil taʼsirida boshqa hujayra turiga aylanishi mumkin. Bugungi kunda olimlar yaralarni chandiqsiz davolaydigan oqsil moddasini aniqlashga muvaffaq boʻlishgan.

“Har qanday yaradan soʻng  – chandiq qoladi. Orqa miya shikastlangan taqdirda – bu tragediya. Chunki chandiq orqali na tomir na nerv oʻsa oladi. Lekin inson organizmida chandiqsiz tuzaladigan aʼzolar ham bor – masalan suyaklar yoki endometriya. Aniqlanishiga koʻra, ushbu toʻqimalar fibrozni sekinlashtiruvchi maxsus modda ishlab chiqarar ekan. Agar biz ushbu mexanizm sirini aniqlay olsak, kelajakda shikastlangan organlarni qayta tiklash uchun preparat ishlab chiqarishimiz mumkin”, - deydi olim.

Tiklangan miya

Insultga chalingan odam miyasini tiklash borasida esa olimlar yanada olgʻa qadam tashlashdi. Olimlar sinov tariqasida kiritgan maxsus preparatdan soʻng tajriba sichqonlarida miya kasalligi sezilarli dajarada kamaygan.

“Koʻp komponentli stromal hujayralar ishlab chiqaradigan oqsillar orasida ikkita juda muhimi bor —neyrotrof taktori (BDNF) va urokinaza (uPA). Ushbu oqsillar tomirlar va nerv tolalari oʻsishini taʼminlaydi”, - deydi Trachev.

Olim soʻzlariga koʻra, ular ushbu oqsillar  yordamida “endogen shprits” tayorlab tajriba sichqonlarining shikastlangan miya qismiga kiritishganda, kutilgan natijaga erishilgan – shikastlangan nerv hujayralari va qon tomirlar qayta oʻsib chiqqan.

Dolgojitel Dumitru Komanesku
Facebook / Centrul Municipal pentru Dialog București

Ushbu tajriba kelajakda gemorragik insultni davolash uchun xavfsiz vosita ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda MGU olimlar jamoasi multipotent ildiz hujayralari asosida erkaklar urugʻsizligini yengishda yordam beradigan preparat ishlab chiqarishgan edi. Ayni damda u klinik sinovlargancha boʻlgan tekshiruvlardan oʻtmoqda.

Akademik aytishiga qaraganda, inson organizmi bu – kuchli regeneratsiya va reparatsiya xususiyatiga ega boʻlgan “oʻzini-oʻzi yangilash mashinasi”dir. Bugungi kunda olimlar hujayra tugʻilish va oʻlish jarayoniga aloqador boʻlgan yuzlab oqsil va gormonlarni oʻrganib chiqishgan. Ularni boshqarish mexanizmi oʻrganib chiqilsa – kelajakda regenerativ terapiyaning mutlaq yangi uslubi paydo boʻladi. uning yordamida nafaqat kasalliklarni davolash balkim inson umrini ham sezilarli uzaytirish mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular