05:38 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
229 0 0

Samarqand viloyatida kambagʻallikni qisqartirish uchun viloyat kengashi deputatlariga 50 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kambagʻallikni qisqartirish uchun viloyat kengashi deputatlarining har biriga 50 million soʻmdan ajratishni taklif qildi.

Joriy yilning birinchi yanvar holatiga koʻra, “temir daftar”ga jami 16 mingt kambagʻal oilalar kiritilgan boʻlib, ulardan 6 ming nafari mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar hisoblanadi. Viloyatda tajriba tariqasida ishsiz fuqarolarga oziq-ovqat bilan emas, balki zaruriy jihozlar bilan yordam berishga qaror qilindi. Ulardan foydalanib, oilalar doimiy daromad olishlari uchun imkoniyat yaratildi. Ushbu maqsadlar uchun fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qariyb 9 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi. Bugunga qadar 1,5 milliard soʻmdan ziyod 771 ta turli xildagi asbob-uskunalar fuqarolarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda xarid qilinib, bagʻaraz tarqatildi.

Samarqand viloyati aholisini kasb-hunarga oʻqitish uchun 10 milliard soʻm ajratilgan.

Qayd etilishicha, baʼzi kambagʻal oilalarga bir nechta tashkilotlar birdaniga yordam koʻrsatmoqda, ayrim shu toifadagi oilalar esa eʼtibordan chetda qolmoqda.

Bu borada esa deputatlar kengashi raisi har bir deputatga 50 million soʻmdan ajratishni taklif qildi.

Deputatlar oʻz okrugidagi kamida 10 ta kambagʻal oila roʻyxatini shakllantiradi va bu xonadonlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishi, imtiyozli kredit ajratilishini nazoratga oladi. Ushbu mablagʻ hisobidan ularga yordam beradi.

“Biz viloyat kengashi deputatining har biriga 50 million soʻmdan pul bersak. Mana, mening taklifim. Misol uchun sizga 50 million soʻm beramiz. Siz unga xoʻjayinsiz. Tumanga borasiz, eng kambagʻal deb hisoblangan oilani koʻrib, uning  muammolarini asoslab, oʻzingiz yechib berasiz. Muammoning yechimini koʻrsating, pulni xohlagan koʻrinishda olasiz”, - dedi Turdimov yigʻilishda.

Viloyat hokimining soʻzlariga koʻra, buning uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan jami 3 milliard soʻm ajratiladi. 

Teglar:
Samarqand viloyati, Erkinjon Turdimov

Asosiy mavzular