23:15 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
953 0 0

Oʻzbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelmoqda. Ayrim joylardi harorat kechalari 17-22° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha pasayadi.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. 23-26 fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar qilmoqda.

23 fevralda respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi. 24 fevralda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

Havo harorati 24 fevralda kechasi va kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

25-26 fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha pasayadi.

Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida 23 fevralda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 24 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 

24-25 fevralda Qoraqalpogʻistonda harorat kechalari 17-22° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 12-17° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha pasayadi.

23-25 fevralda baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Asosiy mavzular