18:45 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
222 0 0

Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida har birining quvvati 280 MVt boʻlgan ikkita bugʻ-gaz qurilmasi toʻliq quvvat bilan ishga tushdi.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida ikkinchi bugʻ-gaz qurilmasi toʻliq quvvat bilan ishga tushdi. Har birining quvvati 280 MVt. Bu haqda “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu investitsion loyiha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 11 sentyabrdagi  tegishli qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Stantsiyadagi  quvvati 280 MVt boʻlgan birinchi bugʻ-gaz qurilmasi 2020 yilning dekabr oyida toʻliq quvvat bilan ishga tushirilgan edi.

Loyihaning joriy etilishi bilan stantsiyaning texnik-iqtisodiy koʻrsatgichlari oshadi. Natijada, 1 kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan shartli yoqilgʻi miqdori 164,3 gr/kVt soatga kamayadi, bu esa bir yilda 488,6 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga olib keladi.

Zamonaviy va energosamarador texnologiyalarning ishga tushurilishi Orolboʻyi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiatni muhofaza etishda ham muhim ahamiyatga ega. Birgina suv resurslariga boʻlgan ehtiyojning oʻzi yiliga 452 million kub metrdan 159 million kub metrga kamayadi.

Asosiy mavzular