Toshkentdan Dehliga muntazam parvozlar tiklanmoqda

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Obuna bo‘lish
Mart oyidan “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshiradi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasida kelishuvga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Rabota aviadispetcherov v aeroportu Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2021
O‘zbekiston va Tojikiston muntazam avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda
Ta’kidlanishicha, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviqatnovlarni “International Air Travel Bubble” bitimi asosida amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Joriy yilning mart oyidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshiradi.
Parvozlar 5-mart sanasidan haftasiga ikki marotaba seshanba va juma kunlari bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0