14:37 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
87701

Oʻzgidromet 25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazishi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Mamlakatda 25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi, deb ogohlantirmoqda Oʻzgidromet.

Fevral oyining ikkinchi oʻn kunligida gʻayritabiiy yuqori havo harorati hisobiga mevali daraxtlar, tut va tokning bahorgi vegetatsiyasi oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlardan 2,5-3 hafta erta boshlandi.

Taʼkidlanishicha, oʻn kunlikning birinchi yarmida respublika hududining katta qismida mevali daraxtlarda yalpi kurtaklarini boʻrtishi va ochilishi boshlandi. Oʻn kunlikning oxiriga kelib, erta gullaydigan mevali daraxtlarni gullashi boshlandi.

“Respublikaning janubida erta gullaydigan mevali daraxtlarning gullashi fevral oyining birinchi oʻn kunligida boshlanib, ikkinchi oʻn kunlikning oxiriga kelib, gullash yalpi boʻldi”, - deyilgan xabarda.

Avvalroq 23 fevraldan Oʻzbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida yozgandik. 25-26 fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha pasayadi. Qoraqalpogʻistonda harorat kechalari 17-22° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular