Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgi

© Depositphotos.com / Sudok1 Snimok MRT mozga patsiyenta
Snimok MRT mozga patsiyenta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2021
Obuna bo‘lish
Shifokorlar yuzaga kelayotgan xavfli o‘simtaning beshta kutilmagan belgilarini sanab o‘tishdi, ta’kidlanishicha, odamlarning aksariyati ularga e’tibor berishmaydi
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Onkologik kasallik belgilarini erta bosqichda aniqlash juda murakkab, deb yozadi Express nashri.
Rakovie kletki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2020
Saraton kasalligining 95 foiz sabablari aytildi
Ta’kidlanishicha, saraton kasalligining ayrim eng keng tarqalgan belgilari insonni yomon his qildirmaydi, shu boisdan aksariyat vaqtlarda ular e’tibordan chetda qoladi.
Shifokorlar saraton kasalligining aksariyat odamlar umuman e’tibor bermaydigan beshta kutilmagan belgilarini sanab o‘tdilar.
Gap ovqat yutishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqida bormoqda. Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bu belgi qizilo‘ngach saratonidan dalolat beradi.
Salqib qolgan qovoqlar esa odatda o‘pkada xavfli o‘simta yuzaga kelayotganidan darak beradi. Ovoz xirildoqligi tomoq (kekirdak) saratoniga ishora qiladi.
Devushka yedet na velosipede po Krimskoy naberejnoy v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2020
Shifokor insult, infarkt va saraton xavfini kamaytirishning oson yo‘lini aytdi
Shifokorlar qorinda muntazam dam yuzaga keladigan taqdirda tibbiy yordam uchun murojaat qilishni tavsiya etishadi, sababi, bunday belgi tuxumdonlar saratonidan darak berishi mumkin.
Bundan tashqari, peshob rangi o‘zgarishiga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, tim-jigarrang peshob oshqozon osti bezi saratonidan, qizil rangdagi peshob esa - buyrak, qovuq yoki prostatada yuzaga kelayotgan onkologik kasalliklardan belgi bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0